“Muhandislik yo‘nalishlarining taniqli bitiruvchilari va ular bilan aloqalar” mavzusida ijodiy tanlov!
Bosh sahifa “Muhandislik yo‘nalishlarining taniqli bitiruvchilari va ular bilan aloqalar” mavzusida ijodiy tanlov!
“Muhandislik yo‘nalishlarining taniqli bitiruvchilari va ular bilan aloqalar” mavzusida ijodiy tanlov!
Hurmatli talabalar, ustozlar va ilm-fan ixlosmandlari!
Sizni muhandislik sohasi bo‘yicha tahsil olib, bugun jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shayotgan yurtimiz va xorijdagi taniqli bitiruvchilar haqida ilmiy-tahliliy, ijodiy loyihalarda ishtirok etishga chorlaymiz!
Tanlov mavzusi:
"Muhandislik yo‘nalishlarining taniqli bitiruvchilari va ular bilan aloqalar"
Tanlovdan maqsad:
Muhandislik sohasida yetuk mutaxassis bo‘lgan bitiruvchilarning hayot yo‘li, yutuqlari va jamiyatdagi o‘rni bilan tanishish;
Ular bilan bog‘lanish, intervyu yoki suhbatlar tashkil etish orqali amaliy tajriba almashish;
Ishtirokchilardan nimalar kutilyapti?
Tanlangan bitiruvchi muhandis haqida chuqur tahlil qilingan intervyu;
Video lavhalar;
Taqdimot shaklidagi loyiha (PowerPoint, video slayd, pdf va h.k.).
Topshirish muddati: 15-may, 2025-yilgacha
Materiallarni yuborish manzili: @Bahriniso12