“Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni muborak bo‘lsin!

 Buxoro davlat texnika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Jumladan, Siddiqova Sadoqat G‘afforovna – Buxoro davlat texnika universiteti rektori

Adizov Rashid Tuxtayevich – Buxoro davlat texnika universiteti texnologiya fakulteti dekani

Davlyatova Mavlyuda Baxtiyorovna – Buxoro davlat texnika universiteti metrologiya va standartlashtirish kafedrasi dotsenti

 Bu yuksak mukofot ustozlarimizning fidokorona mehnati, ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shgan munosib hissasining yorqin e’tirofidir.

 Ustozlarimizni samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi ilmiy hamda pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!