Oliy ta’lim tashkilotlarini 2025-yilda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash hamda faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan ...
Bosh sahifa Oliy ta’lim tashkilotlarini 2025-yilda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash hamda faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan ...
Oliy ta’lim tashkilotlarini 2025-yilda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash hamda faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan Respublika ishchi-guruhi vakillari institutimizda o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi masʼul xodimi А.Islomov institutning talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan uchrashib, ularning turmush sharoitlarini o‘rgandi. Yotoqxona sharoitlarini yaxshilash, talabalar uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazdi.
Suhbat davomida yoshlarning takliflari atroflicha o‘rganildi, shuningdek, ularning jismoniy va ma’naviy salomatligini ta’minlash borasida samarali chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan fikrlar bildirildi.