Oliy ta’limda xotin-qizlarning ilmiy salohiyati va raqamli rivojlanishdagi o‘rni mustahkamlanyapti
Bosh sahifa Oliy ta’limda xotin-qizlarning ilmiy salohiyati va raqamli rivojlanishdagi o‘rni mustahkamlanyapti
Oliy ta’limda xotin-qizlarning ilmiy salohiyati va raqamli rivojlanishdagi o‘rni mustahkamlanyapti
Oliygohimizga Buxoro viloyati hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Hafiza Artikova hamda Effect.uz axborot agentligi jamoasi tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talaba-qizlar bilan bo‘lib o‘tgan intervyuda ayollarning raqamli savodxonligi va texnologik bilimlarini oshirish masalalari muhokama qilindi. Ularning zamonaviy IT sohalariga jalb qilinishi va texnologik sohalardagi yutuqlari haqida suhbatlar bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlar oliygohimizda olib borilayotgan bunday islohotlar, kelajakda nafaqat xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini, balki butun jamiyatimizning texnologik rivojlanishini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tishdi.