Oliygohimiz va Turkiyaning “Energy Auto Parking” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
Bosh sahifa Oliygohimiz va Turkiyaning “Energy Auto Parking” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
Oliygohimiz va Turkiyaning “Energy Auto Parking” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
Oliygohimizga Turkiya Respublikasining ilg‘or tadbirkorlaridan biri, “Energy Auto Parking” qo‘shma korxonasi asoschisi Yalpi Veysel Ceylanpinar tashrif buyurdi.
Tashrif davomida u tomonidan institutga qariyb 7 milliard so‘mlik tashqi investitsiya jalb etish bo‘yicha taklif loyihasining taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur loyiha kampus hududida zamonaviy avtomatik avtoturargoh tizimini joriy etishni nazarda tutadi.
Loyihani amalga oshirish, tashqi investitsiyalar jozibadorligini oshirish hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Tadbirkor bu loyiha oliygohimiz bilan hamkorlikning dastlabki qadami ekanligini ta’kidlab, kelajakda yanada yirik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirilganini alohida qayd etdi.
Oliygohimiz xorijiy investorlar bilan ochiq va samarali hamkorlik olib borishda davom etadi!