“Oqila ayollar – sog‘lom jamiyat poydevori!”
Bosh sahifa “Oqila ayollar – sog‘lom jamiyat poydevori!”
“Oqila ayollar – sog‘lom jamiyat poydevori!”
Buxoro davlat texnika universitetida Buxoro viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan “Oilalar mustahkamligini taʼminlashda “Oqila ayollar” harakatining oʼrni” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.
Forumda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova, Buxoro viloyat hokimi o‘rinbosari oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Hafiza Artikova ishtirok etdi.
Tadbir davomida oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, oilaviy muhitda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek tadbir ishtirokchilari Buxoro davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan ixtirolar, ilmiy va innovatsion ishlanmalar hamda amaliy loyihalar taqdimoti bilan yaqindan tanishdilar.