#Prezident_topshirigʻi_amalda  

 Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Keldiyor Abdullaуev tomonidan neft-gaz texnologiyasi fakultetining professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Korrupsiya - ta'lim va taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

 Tadbir Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.

 Tadbirda Keldiyor Abdullaуev tomonidan professor-o‘qituvchilarga oliy ta’lim tizimida korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning salbiy oqibatlari va bugungi kunda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berib o‘tildi.