Buxoro shahridagi “Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida Navro‘z umumxalq bayrami tantanalari bo‘lib o‘tdi.

 Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi ham ushbu tadbirda faol ishtirok etdi va o‘zining ajratilgan hududida ko‘plab qiziqarli va madaniy tadbirlarni taqdim etdi.

  Jumladan, universitetimiz jamoasining tashkilotchiligida milliy sport turlari bo‘lgan arqon tortish, kurash, tosh ko‘tarish, o‘ziga xos bayramona ovqatlar ko‘rgazmasi, rassomchilik va milliy kiyimlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.