Buxoro davlat texnika universitetida 2-son Talabalar turar joyining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha tarbiyachi pedagogi Lobar Tasheva hamda oliygoh psixologlari tomonidan talaba-qizlar hamda ularning onalari ishtirokida “Qizlar kechasi ufqlari” yangi loyihasining birinchi taqdimoti tashkillashtirildi.
 
  Loyihaning mavzusi “Ibo-hayo qizlar libosi” deb nomlanib, qizlar o‘rtasida ibo-hayo va ma’naviy fazilatlarni targ‘ib qilish, ularning ma’naviy va axloqiy rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etildi.