Mazkur uchrashuvda Migratsiya agentligi viloyat boshqarmasi rahbari Nozima Xoliqova ishtirok etib, bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot olib bordi.
Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, xorijda ishlash imkoniyatlari, qonuniy migratsiya tartiblari hamda xavfsiz mehnat faoliyati yuritish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javob oldilar. Ushbu uchrashuv yoshlarning kelajak rejalari va kasbiy yo‘nalishini to‘g‘ri belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
