Rossiyaning “KAMA” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi
Bosh sahifa Rossiyaning “KAMA” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi
Rossiyaning “KAMA” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi
Oliygohimizga Rossiya “KAMA” aksiyadorlik jamiyatining direktori Anatoliy Kiyashko tashrif buyurdi. Tashrif davomida quyidagi hamkorlik yo'nalishlari bo‘yicha kelishuv imzolandi:
-Elektrotransport, akkumulyator tizimlari va raqamli platformalar yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish;
-Elektromobil sohasida zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish va tijoratlashtirish;
-Innovatsion muhitni shakllantirish
-Raqamli texnologiyalar, dasturlash va elektrotexnika yo‘nalishida yuqori malakali muhandis va IT mutaxassislarini tayyorlash;
-Talabalarni amaliyotga jalb etish, startaplarni rivojlantirish.
P.S.“KAMA” AJ sun’iy intellekt asosida ishlaydigan elektroavtomobil – “ATOM” ni ommaviy ishlab chiqarishni boshlashi rejalashtirilgan. Ushbu loyihaning yirik xalqaro ko‘lamga chiqishi jarayonida oliygohimiz ham muhim ilmiy va texnologik hamkor sifatida ishtirok etadi.