Ushbu kongressda Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova ham ishtirok etdi. U kongress doirasida xorijiy universitetlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ta’lim sifatini oshirish borasida tomonlar o‘zaro fikr almashdilar.
Mazkur kongress oliy ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, yangi bilim va tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
