⚡️2026-yil 15-mart kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida respublika OTMlari rektorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini tubdan transformatsiya qilishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Ilhom Sirojev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda soha rahbarlari farmon loyihasining strategik ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
✔️Yig‘ilish davomida oliy ta’lim boshqaruvini takomillashtirish, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish hamda ilm-fan va innovatsiyalarni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
