Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, Ulfatbibi mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

  Aholi bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash hamda ularni joyida hal etish maqsadida Buxoro davlat texnika universiteti rektori, Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi deputati Sadoqat Siddiqova tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

  Ushbu ochiq muloqot davomida yoshlar va fuqarolar tomonidan turli takliflar va murojaatlar bildirildi. Ular orasida:

 Ta’lim sifati va imkoniyatlarini oshirish;
 Talabalar uchun imtiyozli sharoitlar yaratish;
 Yoshlarni ish bilan ta'minlash kabi masalalar muhokama qilindi.

 Sayyor qabul davomida ko‘tarilgan muammolarni hal etish yuzasidan kelgusidagi chora-tadbirlar belgilab olindi.