Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Alisher Gaffarov tomonidan “Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishga tayyorlash” mavzusida seminar o‘tkazildi.

 Seminarda Toshkent davlat texnika universiteti professori Ikromjon Raxmonov tomonidan oliy ta’lim muassasalarini xalqaro akkreditatsiyadan oʼtkazish jarayoni boʼyicha o'z tajriba va koʼnikmalaridan kelib chiqib ishtirokchilarga batafsil maʼlumot berildi.

 Shuningdek, o‘quv jarayonini takomillashtirish, raqamlashtirish va ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini TOP-300 xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari dasturi asosida takomillashtirish, ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo'yicha bajarilgan ishlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.