Viloyat prokuraturasi tomonidan Buxoro davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda energiya resurslarni iqtisod qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy qilish boʼyicha ilmiy-texnikaviy yondashuvlar bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda mutasaddilar tomonidan energiya resurslarni iqtisod qilish uchun ilmiy yondoshuv asosida iqtisod qilish tadbirlarini ishlab chiqish, yangi tejamkor qurilmalarni joriy qilish va sohadagi izlanishlar bo‘yicha muhokalar o‘tkazilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.