Buxoro shahridagi Ko‘hna va boqiy Buxoro hududida joylashgan muhtasham amfiteatrda tanlovning yakuniy – viloyat bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. 

“She’riyat shaydolari” tanlovining viloyat bosqichida Buxoro davlat texnika universiteti talabalari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdilar:

🥇 1-yo‘nalish (Vatanga sadoqat mavzusi):
Zubaydullayeva Aziza — Muhammad Yusuf “Bolasisan O‘zbekistonning” — 1-o‘rin

🥈 2-yo‘nalish (Barmoq tizimi):
Temirov Jo‘raqodir — Muhammad Yusuf “Onaizor” — 2-o‘rin

🥉 1-yo‘nalish (Aruz tizimi – g‘azal):
Izzatullayev Ilyor — Alisher Navoiy “Topmadim” g‘azali — 3-o‘rin

🥉 3-yo‘nalish (Monolog ijrosi):
Raupova Charos — “Ruhlar isyoni” dostonidan parcha — 3-o‘rin

💐💐💐👏 Talabalarimizni ushbu yutuqlar bilan samimiy tabriklaymiz!  Ularning ijodiy salohiyati va ma’naviy yuksakligi barchamiz uchun faxrdir!