Tabiatni asrashda uch avlod olimlarning mushtarak yondashuvlari
Bosh sahifa Tabiatni asrashda uch avlod olimlarning mushtarak yondashuvlari
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Buxoro davlat texnika universiteti hamda O‘zbekiston ekologik partiyasi hamkorligida “Tabiatni asrashda uch avlod olimlarning mushtarak yondashuvlari” mavzusida ilmiy-innovatsion ko‘rgazma va uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish masalalari yuzasidan yosh olimlar, tajribali professorlar va faxriy mutaxassislar o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Oybek Rahimov, universitet rektori Sadoqat Siddiqova ham ishtirok etib, ko'rgazma bilan yaqindan tanishib chiqdi hamda yoshlarni ilm-fanga mehr qo‘yishga, izlanishdan to‘xtamaslikka, dolzarb muammolarga ilmiy yechim izlashga chorladilar.
Yoshlarning innovatsion ishlanmalari namoyish etilgan ko‘rgazma ham mehmonlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.