O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga xususiy tashabbuskor “ENERGY-AVTO-PARKING” MCHJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Buxoro viloyati, Buxoro shahar, Q.Murtazayev ko‘chasi, 15-uyda joylashgan Buxoro davlat texnika universiteti hududida davlat-xususiy sheriklik asosida quyosh energiyasi asosida ishlaydigan zamonaviy avtomatlashtirilgan avtoturargoh faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflarini 2025-yil 27-sentabr kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 23:59 gacha topshirilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz |
Telefon raqami: +998(71) 203-32-23 |
Manzil: 100095, Toshkent shahri Talabalar ko‘chasi 7-uy |