Buxoro davlat texnika universiteti talaba-yoshlari “Talabalar bahori” festivali doirasida Mo‘ynoq tumaniga sayohat qilib, “Kemalar qabristoni”, Orol dengizi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi.
Sayohat davomida talabalar “Kemalar qabristoni”, Orol dengizi tarixi muzeyiga tashrif buyurib, hududning o‘ziga xos tarixiy va ekologik ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.
🌍 Ushbu safar talabalarda Orol dengizi fojiasi, uning sabablari va bugungi kunda olib borilayotgan tiklash ishlari haqida chuqur tasavvur hosil qildi. Bu esa yoshlarni ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslikka, tabiatni asrashga undaydi.
💭 Sayohat nafaqat bilim, balki hayotiy xulosalar beruvchi, unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.
