🏀 Buxoro davlat texnika universitetida “TALABALAR LIGASI – 2026” sport musobaqasi doirasida Buxoro viloyati Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida basketbol sport turi bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔥 Musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda tashkil etilib, talabalar o‘z mahorati, jamoaviy o‘yini hamda sportga bo‘lgan ishtiyoqini namoyon etdilar.

🏆 Yakuniy natijalar:

🥇 1-o‘rin — Buxoro davlat universiteti
🥈 2-o‘rin — Buxoro davlat tibbiyot instituti
🥉 3-o‘rin — Buxoro davlat texnika universiteti