Energetika fakulteti tyutori Nilufar Sharipova va Paxta va yengil sanoat texnologiyalari fakulteti tyutori Mahfuza Sobirova hamda 3-son talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida "Navoiyni yod etib" nomli adabiy-badiiy kecha tashkillashtirildi.

 Mazkur tadbir yosh avlodni ajdodlarimizning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish, ularga ma’naviy ozuqa berish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etildi.

 Tadbir davomida Alisher Navoiyning ijodidan namunalar tinglandi va sahna ko'rinishlari namoyish qilindi.