Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-resurs markazida Buxoro davlat texnika universiteti hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limi hamkorligida "Milliy qadriyatlar atlasi" taqdimot ma’rosimi bo’lib o’tdi.
Mazkur tadbirda Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchilari hamda tyutorlar jamoasi faol ishtirok etib, milliy qadriyatlarni o‘rganish va targ‘ib etish borasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar.
Taqdimot davomida yangi kitob-albom va platformaning mazmun-mohiyati, uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, shuningdek, milliy an’ana va qadriyatlarni zamonaviy yondashuvlar asosida keng jamoatchilikka yetkazishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
