Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga Turkiya Sag‘lik bilimlari universiteti professori, Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti Faxriy professori, Doktor, neyropsixolog Aynur Feyzioglu tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmon hamda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Yakunda biomuhandislik sohasi bo‘yicha hamkorlik qilish bo’yicha kelishuvlarga erishildi.