Oliy Majlis Senati a’zosi, Yoshlar ishlari agentligi direktori va Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi oʻrinbosari Alisher Sa’dullayev, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov va hokim oʻrinbosarlari oliygohimizga tashrif buyurdi.
Dastlab mas’ullarga oliygohda talabalar uchun tashkil etilgan shart-sharoitlar jumladan, ilgʻor muhandislik maktabi, imkoniyati cheklangan va ishsiz xotin-qizlar uchun inklyuziv IT markaz qurilish loyihasi hamda oliygohning “Yashil kampus” konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar loyihasi bilan tanishtirib oʻtildi.
Uchrashuv davomida mas’ullar talabalar bilan ochiq muloqot oʻtkazib, ularning tashabbuslari va innovatsion loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Talabalar tomonidan taqdim etilgan loyihalar turli sohalarni qamrab oldi, jumladan, IT texnologiyalar, ekologiya, startap biznes va ijtimoiy tashabbuslar.
Shuningdek, koʻp qavatli hamda qishloq joylaridagi uylarni yongʻindan himoya qilish tizimi sifatida faoliyat yurituvchi "Yong‘inni oldini oluvchi Gazdetektorli uylar", "Quyosh fotopanellari sirtini avtomatik tozalash qurilmasi", "Mahalliy xomashyolardan foydalangan holda termo panel mahsulotlarini ishlab chiqarish" loyihalari bilan ham yaqindan tanishdi.