O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-22-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Buxoro davlat texnika universitetiga sanoat hamkori “O‘zbekneftgaz” AJ mas’ullarining tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif davomida ilg'or muhandislik maktabida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 10 dan ortiq ilmiy-innovatsion loyihalar taqdimotlari bilan tanishildi.
Jamiyat tasarrufidagi ishlab chiqarish korxonalariga tegishliligi bo‘yicha loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilgan. Tashrif davomida universitet rektori Sadoqat Siddiqova hamda mehmonlar o'rtasida muzokaralar olib borildi. Muzokaralarda bugungi kunda ushbu loyihalarning ijro holati va ilg'or muhandislik maktabining moddiy-texnik bazasini shakllantirish masalalari o‘zaro muhokama qilindi.