Ustoz va murabbiylar kuni bayrami

 Buxoro davlat texnika universitetida ustoz va murabbiylarni ulug‘lash maqsadida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

  Dastlab tadbirni universitet rektori Sadoqat Siddiqova kirish so‘zi bilan ochib, barcha ustoz va murabbiylarni ushbu qutlug‘ kun bilan samimiy tabrikladi.

  Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda ularning shogirdlari ishtirok etib, ustozlarning fidokorona mehnatlari yuksak e’tirof etildi.

 Eng faol va tashabbuskor ustozlarga Tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Ustozlarga bo‘lgan ehtirom – kelajak avlodga bo‘lgan e’tibor!