Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Buxoro davlat texnika universitetida!
Bosh sahifa Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Buxoro davlat texnika universitetida!
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Buxoro davlat texnika universitetida!
“Yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanishning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida Buxoro davlat texnika universitetida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda universitet rahbariyati bilan birga qator nufuzli olim va mutaxassislar ishtirok etdi:
🔹 O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori K. Abduraxmanov
🔹 G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori
🔹 Kozma Minin nomidagi Nizhegorod davlat pedagogika universiteti professori V. Kuznetsov
🔹 Turkiyaning Karabuk universiteti professori Ali Konak
🔹 Belgorod davlat Milliy tadqiqot universiteti dotsenti Y. Rastopchina
Anjumanda yashil iqtisodiyotning zamonaviy muammolari, ekologik barqarorlik, innovatsion yechimlar hamda xalqaro hamkorlik imkoniyatlari keng muhokama qilindi.