Buxoro davlat texnika universitetida Nobel mukofoti laureati, kvant fizikasi sohasining yetakchi olimi — Serj Arosh (Serge Haroche) ishtirokida Buxoro viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari va doktorantlari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur ilmiy tadbir davomida ishtirokchilar kvant fizikasining zamonaviy yo‘nalishlari, ilmiy tadqiqotlarda qo‘llanilayotgan ilg‘or yondashuvlar hamda fundamental ilm-fanning rivojlanish istiqbollari bo‘yicha chuqur bilim va amaliy tushunchalarga ega bo‘ldilar.
Professor tomonidan berilgan ma’ruzalar nafaqat ilmiy jihatdan boy, balki yosh tadqiqotchilar uchun katta motivatsiya manbai bo‘ldi. Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, bevosita muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
🌍 Ushbu seminar-trening ilm-fan va ta’lim integratsiyasini mustahkamlash, xalqaro tajribani o‘rganish hamda yosh olimlar salohiyatini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
🥇 Nufuzli tashrif – yangi ilmiy ufqlar sari qadam
Nobel mukofoti laureati, kvant fizikasi sohasining yetakchi olimlaridan biri — professor Serj Arosh (Serge Haroche) va uning rafiqasi Klodin Arosh (Claudine Haroche) tashrif davomida universitet faoliyati, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar hamda amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
🌍 Ushbu tashrif xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ta’lim sifatini yanada oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
