Joriy yilning 24-26-dekabr kunlari mamlakatimizning muhandislik-texnik sohasidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari Moskva shahriga xizmat safarida bo‘lib qaytishdi. Unda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova ham ishtirok etdi.
Xizmat safari davomida Rossiya Federatsiyasining ilg‘or muhandislik maktablari tajribasi o‘rganildi. Shuningdek N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti hamda Moskva muhandislik-fizika instituti rahbariyatlari bilan uchrashuv va muzokaralar tashkil etilib, bir qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi.