#dolzarb90_kun

 Xo‘ja Nasriddin ochiq ligasi — FINAL!

  Buxoro viloyatida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining final bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Buxoro davlat texnika universitetining tashabbusi va bevosita ko‘magida tashkil etildi.

  Viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari ushbu tanlovda o‘ziga xos chiqishlari bilan ishtirok etib, tomoshabinlarga quvonch, kulgu va bayramona kayfiyat ulashdi.

  Buxoro davlat texnika universitetining "Omadli jentelmenlar" jamoasi finalda alohida faollik va iqtidor ko‘rsatib, Faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda Kubok sohibiga aylandi! 

  G‘olib jamoalar quyidagicha rag‘batlantirildi:

  1-o‘rin — Buxoro davlat texnika universiteti, "Omadli jentelmenlar" jamoasiga 10 dona noutbuk
  2-o‘rin — Buxoro davlat pedagogika instituti, "Ekstra" jamoasiga 10 dona televizor
  3-o‘rin — Mahalla yoshlari jamoasi "Bo‘ydoqlar"ga 10 dona pech

  Tanlov davomida “Eng quvnoq qiz” va “Eng quvnoq yigit” nominatsiyalari ham e’lon qilinib, g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

  Qiziqarli sahna ko‘rinishlari, samimiy hazillar va unutilmas lahzalar bilan yodda qolgan tanlov barcha ishtirokchilarga ijobiy kayfiyat ulashdi!