Buxoro muhandislik–texnologiya instituti Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi tashkilotining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Konferensiya kun tartibida kasaba uyushma qo‘mitasining 2020-yil aprel oyidan 2025-yil aprel oyi davrigacha faoliyati to‘g‘risidagi hisobot, taftish kommisiyasining hisoboti hamda institut kasaba uyushma tashkilotini Buxoro Davlat texnika universiteti kasaba uyushma tashkilotiga qo‘shish yo‘li orqali tugatish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

 Institut kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot davrdagi faoliyati qoniqarli deb baholandi. Taftish komissiyasining hisoboti tasdiqlandi, shuningdek Buxoro Davlat texnika universiteti kasaba uyushmasi tashkilotining birinchi konferensiyasiga institut kasaba uyushma tashkilotidan delegatlar saylandi.

 Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.