“Varnet” botanika bogʻida “Bir million yashil oila” umummilliy harakati ijrosiga qaratilgan “Xotin-qizlar ekologik faollik sari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

 Ilmiy-amaliy anjumanda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, Bosh vazir o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova, Buxoro viloyati hokimining o’rinbosari Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Xafiza Artikova ishtirok etishdi.

  Anjumanning asosiy maqsadi — xotin-qizlarni ekologik masalalarda faollikka chaqirish, ularning bilim va tajribalarini oshirish, hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.

 Anjumanning ikkinchi qismida “Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida “Xotin-qizlar ekologik faollik sari” shiori ostida Buxoro tumani “Istiqbol” mahallasida tadbir ishtirokchilari yaxshi niyatlar ila ko‘chatlar ekishdi.

 Ko‘tarinki shukuhda o‘tkazilgan ko‘chat ekish jarayonida oliygohimiz jamoasi ham faol ishtirok etdi va ko‘plab manzarali va mevali daraxtlar ekildi.

 Shuningdek, tadbir davomida tomorqa mahsulotlari ko‘rgazmasi, sabzavot va gul savdo-yarmarkasi, folklor ansambli chiqishi, mushoiralar, bahru-bayt, kitobxonlik targ‘iboti, sumalak sayli o‘tkazildi.