9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi Buyuk g‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida xotira va ehtirom tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
📍Bugun erta tongdan viloyat hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Botir Zaripov boshchiligida viloyat hokimi o‘rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar hamda yoshlar Buxoro shahridagi “Xotira maydoni”da jam bo‘ldi.
🕊 Tadbir davomida Vatan ravnaqi va yurt tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasi yod etilib, ularning jasorati va matonatiga hurmat bajo keltirildi.
🎓 Mazkur tadbirda Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, yurtimiz tarixiga, tinchlik va osoyishtalik qadriyatlariga bo‘lgan yuksak ehtiromini namoyon etdi.
