Yashil tarbiyadan yashil ixtirolargacha: yashil taraqqiyotda ayollarning o‘rni
Bosh sahifa Yashil tarbiyadan yashil ixtirolargacha: yashil taraqqiyotda ayollarning o‘rni
Oliygohda “Yashil oila” umummilliy harakati doirasida “Yashil tarbiyadan yashil ixtirolargacha: yashil taraqqiyotda ayollarning o‘rni” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-amaliy seminarga Bosh vazir o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Mahkamova, Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Xafiza Artikova tashrif buyurdi.
Dastlab mehmonlar oliygohda tashkil etilgan ilg‘or muhandislik maktabida amalga oshirilayotgan sanoat chiqindilarini qayta ishlash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda 1-bino fayesida tashkil etilgan yashil iqtisodiyot va muqobil energetika mavzusiga oid ilmiy-innovatsion loyihalar bilan tanishdilar.
Bosh vazir o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Mahkamova boshchiligida, jahon podiumlarida ishtirok etgan, shu bilan birga, nomli stipendiyalar sohibi bo‘lgan talaba qizlar bilan qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida, talaba qizlar o‘zlarining muvaffaqiyatlari, xalqaro musobaqalarda erishgan yutuqlari va kelajakdagi maqsadlari haqida so‘zlab berishdi.
Zulayxo Maxkamova talaba qizlarni ilm-fan, sport va ijtimoiy faoliyatda erishgan yutuqlari bilan tabriklab, ularni yanada yuqori natijalarga erishishlariga ishonch bildirdi. Suhbatda yosh ayollarning jamiyatda faol bo‘lishi, yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishi va o‘z yurtida ilg‘or bilimlarni amalda qo‘llashda ulkan ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.