Buxoro davlat texnika universitetiga “Yoshlar kuni” doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida universitet talabalari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova, Milliy bankning Buxoro viloyati bosh boshqarmasi rahbari hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida talaba-yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Shuningdek, “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuvda yoshlarning bandligini ta’minlash, startap loyihalarni rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari muhokama etildi.
Mazkur uchrashuv yoshlar va rahbariyat o‘rtasida ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda dolzarb masalalarga amaliy yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.
