Land resource use and state cadastres

Bosh sahifa Land resource use and state cadastres

Land resource use and state cadastres


Head of the department

Asatov Sayitkul Rahimberdiyevich

  • Qabul vaqti: Monday to Friday (from 14:00 to 16:00)
  • Telefon: +998 (91) 91 408 50 13
  • Email: -

Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash vazifalarining tobora kengayib borayotgan ko’lamlarini, shuningdek ayrim mintaqalardagi jumladan, Buxoro vohasida qishloq xo’jaligi yerlarining tuproq-iqlim sharoiti, minerallashishi va sho’rlanganlik holatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib hamda mamlakat iqtisodining ushbu eng muhim sohasiga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 avgustdagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Buxoro filialini tashkil etish to’g’risida”gi 182-sonli qaroriga binoan «Gidromelioratsiya» fakulteti tashkiliy tuzilmasi tarkibida “Yer tuzish va yer kadastri” kafedrasi tashkil etilgan.
Kafedra 2010 yil “Yer tuzish va yer kadastri” nomi bilan tuzilgan. Bugungi kunda esa “Yer resurslaridan foydalanish va davlat kadastrlari” nomi bilan faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedraning rivojiga taniqli olim – professorlar: S.Bo‘riev va U.Tojievlar ancha yillar davomida o‘z hissa qo‘shib kelganlar. Kafedraga dotsent F.Hamidov, dotsent I.Islomov, 2022-yildan buyon dotsent S.Asatov rahbarlik qilib kelmoqda. “Yer resurslaridan foydalanish va davlat kadastrlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari mutaxassislik sohalaridan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlaridagi muammolar bilan shug‘ullanadilar.
Kafedrada so‘nggi yillarda ilmiy ishlar natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Ilmiy tadqiqot natijalaridan ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni bajarishda va ayniqsa kurs loyihalarini tuzishda, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashda keng foydalanilmoqda. Kafedra o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 824-son qarori “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinayotgan Oliy ta’limga oid barcha qonun, qarorlarga amal qilgan holda faoliyat olib bormoqda.
Hozirgi vaqtda kafedra Buxoro viloyati iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, ishlab chiqarish, muhandislik, neft va gaz, transport va logistika sohalari uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, oliy ta’lim tashkilotlarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24 yanvardagi “Buxoro davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-22-sonli qarori Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida tashkil etilgan Buxoro davlat texnika universiteti tarkibida o`z faoliyatini olib bormoqda.
Kafedra professor-o’qituvchilari “Ziyonet” va xalqaro “Internet” tarmog’lariga fanlardan elektron darsliklar, o’quv qo’llanmalari, ma’ruzalar matnlari, uslubiy ko’rsatmalar, nazorat savollari va test to’plamlari kiritib, talabalarning foydalanishi yo’lga qo’yilgan. “YouTube” tarmog’ida barcha fanlardan video darslar doimiy ravishda joylashtirib borilmoqda.
Kafedrada “Yer kadastri va yer tuzish”, “Geodeziya va geoinformatika”, “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi”, “Meliorativ gidrogeologiya”, “Gidrologiya” “Suv xo’jaligi va meliorastiya ishlarini mexaniziyalash”, “Gidrotexnik inshootlar va nasos stanstiyalaridan foydalanish” va boshqa ta’lim yo’nalishlari talabalariga tegishli fanlardan ma`ruza va amaliy dars mashg’ulotlarini olib boradilar. Bugungi kunda kafedrada o’qitiladigan fanlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda, dars mashg’ulotlari “Taqdimot”, “Aqliy hujum”, “Diskussiya”, “6x6x6”, “Qora quti” va boshqa pedagogik texnologiya turlaridan foydalangan holda olib borilmoqda.


Kafedra mudiri, Biologiya fanlari falsafa doktori, dotsent
Asatov Sayitkul Rahimberdiyevich


Texnika fanlari falsafa doktori, professor.
Hamidov Fayzullo Ramazonovich


Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor
Islomov Ismoil


Texnika fanlari falsafa doktori, professor
Xudoyberdiyev Feruz Shamshodovich


Texnika fanlari falsafa doktori, dotsent
Sattorov Shahzod Yarashovich


Qishloq xo’jaligi fanlari falsafa doktori dotsent
Adizov Shuhrat Bafoyevich


Texnika fanlari falsafa doktori, dotsent
Pirimov Jonibek Jumamurodovich


Biologiya fanlari falsafa doktori, dotsent
Karimov Erkin Qodirovich


Katta o‘qituvchi
Hamroyev Salohiddin Atoyevich


Katta o‘qituvchi
Abduloyev Ashraf Muzafarovich


Katta o‘qituvchi
Ahmadov Behzod Obid o‘g‘li


assistent
Izatov Elmir Najmidinovich


assistent
Egamova Dilchehra Adizovna


Assistant
Nuriddinov Otabek Xurramovich


assistent
Oltinov Sobir Hayot o'g'li


assistant
Rajabova Gullola Islomovna

BAKALAVRIAT

60811600 - Yer kadastri va yer tuzish

60721700 - Kadastr

60721500 - Geodeziya va geoinformatika

60721600 - Kartografiya va masofadan zondlash

60810300 - Tuproqlar bonitirovkasi va yer degradatsiyasi


MAGISTRATURA

70811601 – Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish

70721601 – Yerni masofadan zondlash va GAT-texnologiyalari

Bakalavriat:

  1. 1. Kartografik dizayn;
  2. 2. Geodeziya;
  3. 3. Landshafshunoslik asoslari;
  4. 4. Kartografiya;
  5. 5. Davlat kadastri asoslari;
  6. 6. Mutaxassislikka kirish;
  7. 7. Oliy geodeziya;
  8. 8. Kartashunoslik;
  9. 9. Yer resurslarini boshqarish;
  10. 10. Zamonaviy geodezik asboblar;
  11. 11. Yer tuzishda geodezik ishlar;
  12. 12. Yer tuzishni loyihalash;
  13. 13. Yer tuzishning nazariy asoslari;
  14. 14. Hududlar kadastri ;
  15. 15. Raqamli kartografiya;
  16. 16. Ma’lumotlarni olish va integratsiyalash;
  17. 17. Raqamli yer kadastri;
  18. 18. Yer tuzishni loyihalashda avtomatlashgan tizimlar;
  19. 19. Yer tuzish ishlarini tashkil qilish va rejalshtirish;
  20. 20. Yer munosobatlarini tartibga solish;
  21. 21. Injenerlik geodeziyasi;
  22. 22. Tuproqshunoslik va o‘simliklar anatomiyasi;
  23. 23. Tuproqshunoslik ;
  24. 24. Geoaxborot tizimlari asoslari;
  25. 25. Geoaxborot tizim va texnologiyalari;
  26. 26. Raqamli fotogrammeriya;
  27. 27. GAT da uch o`lchamli modellashtirish;
  28. 28. Geoma`lumotlar bazasi va arxitekturasi;

Magistratura

  1. 1. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  2. 2. Yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv
  3. 3. Hududlarni rivojlantirish
  4. 4. Yerdan foydalanish iqtisodi
  5. 5. Yer resurslarini boshqarishning huquqiy asoslari
  6. 6. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  7. 7. Yer uchastkalarini shakllantirish
  8. 8. Yer uchastkalarini hisobini yuritish va baholash
  9. 9. Ko`chmas mulkni boshqarish

2024-2025 o‘quv yilida Respublikada ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan va zifalarning ijrosini ta’minlash hamda o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi talablari asosida kafedrada A.Abdulloyev, Sh.Sattorov, E.Karimov J.Primovlar tomonidan “Karatashunoslik”; A.Abdulloyev, Sh.Sattorov, S.Asatov, R.Oymatovlar tomonidan “Injenerlik geodeziyasi”; Sh.Adizov tomonidan “Yer monitoringi”; S.Xamrayev tomonidan “Bino-inshootlar davlat kadastri”; S.Asatov va F.Xudoyberdiyev tomonidan “Yer uchastkalarini shakillantirish” o‘quv qo‘llanmalar va S.Xamrayev tomonidan “Bino-inshootlar davlat kadastri”; F.Xudoyberdiyev tomonidan “Yer uchastkalarini shakillantirish” nomli, darsliklar institut kengashidan o‘tkazilib, oliy ta’lim va zirligi tomonidan guvohnomalar olindi va chop etish uchun tavsiya etildi.

  • Hozirgi yilda kafedrada 25 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Ulardan 8 nafari Professor va PhD darajasi, 6 nafari dotsentlar 2 nafari katta-o’qituvchilar va 9 nafari assistentlardir. Ilmiy salohiyat 36 % ni tashkil etadi. So‘nggi 14 yil mobaynida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 10 ta darslik 15 ta o‘quv qo‘llanma, 1000 dan ziyod ilmiy maqola, 56 ta uslubiy ko‘rsatma chop etildi.
    Bugungi kunda kafedra professor-o’qituvchilari va talabalari quyidagi mavzular bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar: Ekologik beqarorlik sharoitida qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni oqilona tashkil etish (Buxoro vohasi misolida)., Klasterlar tizimida qishloq xo‘jalik yer turlari tarkibini optimallashtirish, Qishloq xo‘jalik yerlarida yer monitoringini o‘tkazishda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish.
  • Mazkur kafedra Turkiyaning Ushak universiteti bilan yaqin hamkorlik loyihalarini amalga oshirib kelmoqda. 2024 yil 25-noyabrdan 6-dekabrgacha bo’lgan muddatda Xudoyberdiyev F.Sh, Sattorov Sh.Y, Adizov Sh.B hamda magistrantlari Bobojonov S.O’ lar tomonidan qissa muddatli stajirovka amalga oshirildi.
    Stajirovka davomida universitetlar o’rtasida tajriba almashiniv doirasida professor-o’qituvchilar tomonidan ma’ruzalar tashkil etildi, laboratoriya jihozlari bilan tanishildi. Axborot resurs markazidan kerakli vailmiy adabiyotlarning electron nusxalari olib kelindi.
    Kefedrada tegishli bo’lgan fanlardan onlayb ma’ruzalarni tashkil qilish bo’yicha Ziraat fakulteti bilan kelishuv imzolandi.